Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam mashinalari jarimaga tortilmoqda. Shu adolatdanmi?

Tez yordam mashinalari jarimaga tortilmoqda. Shu adolatdanmi?

Foto: Uz24.uz

Tez tibbiy yordam avtomashinalariga vazifasini vaqtida ado etishi uchun shoshilinch harakat qilishi, umumbelgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik huquqi berilgan. Shuning uchun ular mahsus yoritgich va tovush signallari bilan jixozlangan.

«Adolat» SDP tomonidan bu sohada ayrim muammolar vujudga kelayotgani aniqladi. Xususan, tez tibbiy yordam avtomashinalari haydovchilari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini (belgilangan tezlikni oshirish, svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan o‘tish va xk.) buzganligi bo‘yicha ayrim holatlarda javobgarlikka tortilmoqda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tez tibbiy yordam xizmati xaydovchilari tomonidan 2017, 2018 yillarda va 2019 yilning yanvar oyida jami 1644 ta yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan.

Achinarli jihati bu raqamlar yildan-yilga ortib borgan. Xususan, 2017 yilda 339 ta shunday holat aniqlangan bo‘lsa, 2018 yilda 968 ta, 2019 yilning birgina yanvar oyida bunday qilmishlar 120 tani tashkil etgan. 2017 yilda 16 nafar, 2018 yilda 110 nafar tez tibbiy yordam xaydovchilari jarima to‘lagan. 2019 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 89 ta shunday holatlar bilan bog‘liq hal etilmagan, muammoli holat sifatida baholanayotgan ishlar mavjud. Bu esa tez tibbiy yordam avtomashinalari haydovchilarining asosli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Natijada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lganda ham svetoforning taqiqlangan chirog‘ida kutib turish, belgilangan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishi oqibatida bemorga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniyati pasaymoqda.

«Adolat» SDP tomonidan mazkur masalani qonun yo‘li bilan hal qilish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha kiritish bo‘yicha loyiha tayyorlanib barcha deputatlarning muhokamasiga kiritildi.

Ushbu loyiha bilan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezkor va maxsus xizmat transport vositalari hamda ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etilgan hollarda haydovchilarning kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi degan normani kiritish taklif etilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqish davomida AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning tajribasi va qonun hujjatlari o‘rganib chiqildi. Xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning aksariyatida va maxsus xizmat transport vositalari hamda ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etilgan hollarda ularning haydovchilarini javobgarlikka tortilmasligi qonunlar bilan belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring