Tezkor tadbirda Amerikani va’da qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro J.A. AQShda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqarolar M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter