Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Qozog‘istonda gazdan zaharlangan hamyurtlarimiz haqida ma’lumot berdi

TIV Qozog‘istonda gazdan zaharlangan hamyurtlarimiz haqida ma’lumot berdi

Foto:Illyustratsiya/today.kz

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasiga tayanib bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 3-iyun kuni soat 00.15da Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan.

Hamyurtlarimiz joylashtirilgan Qarag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limi tomonidan og‘zaki berilgan ma’lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan:

- Xusanov Sardor, 20.07.2001-y.da tug‘ilgan;

- Jurayev Valentin, 15.04.1998-y.da tug‘ilgan;

- Husanov Sharip, 08.02.1973-y.da tug‘ilgan;

- Tochkanov Alisher, 17.10.1996-y.da tug‘ilgan;

- Ne’matov Baxodur, 30.03.1992-y.da tug‘ilgan;

- Elboyev Odil, 12.04.1986-y.da tug‘ilgan;

- Yelboyev Farux, 02.02.1992-y.da tug‘ilgan;

- Tochkanov Shahzod, 10.03.1999-y.da tug‘ilgan;

- Tochkanov Doston, 24.10.1995-y.da tug‘ilgan;

- Tochkanov Oybek, 15.02.1996-y.da tug‘ilgan;

- Iskandarov Obid Sallohodinovich, 01.08.1995-y.da tug‘ilgan;

- Samiyev Azbek, 01.01.1998-y.da tug‘ilgan;

- Husanov Egamberdi, 25.01.1976-y.da tug‘ilgan;

- Maurutov Izzat, 01.01.1991-y.da tug‘ilgan;

- Husanov Niyaz, 01.01.1990-y.da tug‘ilgan;

- Husanov Kobonuyet, 18.04.1982-y.da tug‘ilgan.

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Hamyurtlarimiz «maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyasion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik entsefalopatiya» tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur yurtdoshlarimizdan E. Husanov, I. Maurutov, N. Husanov va K. Husanovga sog‘lig‘ining barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Elchixona tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va murojaat uchun maxsus telefon raqami ochilgan: +77772182020.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring