Madinadagi mehmonxonada tojik tadbikori va uning oilasi o‘lik holda topildi

Saudiya Arabistonining Madina shahridagi mehmonxonalardan birida tojikistonlik tadbirkor, 33 yoshli Baxtiyor Dodoxonov, uning rafiqasi hamda 10 va 12 yoshli ikki o‘g‘li o‘lik holda topildi. Bu haqda «TNews.uz» nashri tojik OAVga tayanib xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, o‘n kun oldin Dodoxonov oilasi bilan birga, kichik haj (umra)ni amalga oshirish uchun Madinaga jo‘nab ketgan edi. Ularning qo‘lida orqaga qaytish uchun chipta bo‘lgan. Jasadlar 5-mart kuni topilgan, sodir bo‘lgan voqea haqida marhumning yaqinlariga ertasi kuni xabar berilgan.
Baxtiyor Dodoxonov Tojikistonda taniqli tadbikor edi. Marhumning otasi Manzurxon Dodoxonov «Sharqi ozod» nashriyot kompleksi sobiq direktori bo‘lib, Baxtiyor oilaning yolg‘iz o‘g‘li edi.
Qarindoshlar orasida voqeaning turli taxminlari — zaharlanishdan tortib qotillikacha bo‘lgan farazlar ilgari surilmoqda.
«ASIA-Plus»ning xabar berishicha, ozircha Tojikiston va Saudiya Arabistonining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari ro‘y bergan hodisaga munosabat bildirishmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter