O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat vazirliklari hamkorlik qiladi

12 noyabr kuni Tojikistonda o‘tayotgan O‘zbekiston Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Tojikiston Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda bilan uchrashdi.
Tojikiston milliy kutubxonasida o‘tkazilgan uchrashuvda istiqboldagi madaniyat va san’atni rivojlantirish borasidagi strategik rejalar muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy mavzusi, ikki davlatning ehtiyojiga ko‘ra madaniyat yo‘nalishi yuzasidan ta’lim sifatini oshirish, balet va opera sohasida tajribali mutaxassislarni jalb qilish, teatr gastrollarini tashkil etish, maqomni targ‘ib etish kabi masalalar kelishib olindi.
So‘ng, shu kutubxonada matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zi qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Qiziqarlisi shuki, o‘zbek san’atkorlarining ijodi tojik ahli sevib eshitishini e’tirof etishdi. Shuningdek, O‘zMTRKning «Navo» telekanalida namoyish etiladigan barcha dasturlarni har kuni kuzatib borilishi aytildi.
Har ikki davlat prezidentlarining sa’y-harakatlari tufayli amalga oshirilayotgan o‘zaro hamkorliklar bugun o‘z natijasini bermoqda. Ayniqsa, 2017 yildan boshlab madaniyat kunlari ikki davlatda har yili o‘tkazilayotgani alohida taxsinga loyiq. Bu madaniyat kunlari ikki davlat san’at ahli hamkorligida bo‘layotgani, shu bilan birga, «Do‘stlik kechalari» ham tashkil etilayotgani OAV vakillariga ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter