Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda avariyaga uchragan vertolyot qidirilmoqda

Tojikistonda avariyaga uchragan vertolyot qidirilmoqda

Foto: «Profi-news.ru»

Kecha, 12-avgust kuni Ismoil Somoniy cho‘qqisidan alpinistlarni olib qaytgan «MI-8» vertolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da Fortambek muzligi quyi qismida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib «News.tj» xabar bermoqda.

Favqulodda qo‘nish paytida vertolyotda uch nafar ekipaj a’zosi va 13 nafar alpinist bo‘lgan.

«MI-8» vertolyoti va uning yo‘lovchilarini qidirib topish uchun hukumat komissiyasi tuzilib, hodisa joyi — Laxsh tumanida, Dushanbe aeroportida va Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasida shtablar tashkil etildi.

Xabarlarga ko‘ra, vertolyot Tojikiston milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan.

«Mash» telegram-kanalining xabar berishicha, 11 nafar alpinist rossiyalik, bir nafari belaruslik va bir nafari ispaniyalik bo‘lgan. Ekipaj a’zolari esa tojikistonliklar. Mazkur telegram-kanal yozishicha, hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Bugun jabrlanganlarni izlab uchta vertolyot havoga ko‘tarilgan. Ratsiyalarning batareyalari quvvatsizlangan — vertolyot va uning yo‘lovchilari bilan bog‘lanish imkoniyati yo‘q, qutqaruv ishlari qiyin kechmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring