Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan kelgan 12 nafar hamyurtimizda koronavirus aniqlandi

Tojikistondan kelgan 12 nafar hamyurtimizda koronavirus aniqlandi

2020-yil 16-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2738 (+19) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Ulardan 12 nafari Tojikistondan kelgan bo‘lsa, 4 nafari Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reysi bilan olib kelingan. Shuningdek, kasallik 3 nafar oldindan karantinda bo‘lgan namanganlik fuqarolarda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2213 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring