Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Afg‘onistonning ikkita vazirligini tugatdi

«Tolibon» Afg‘onistonning ikkita vazirligini tugatdi

Foto: TASS

«Tolibon» harakati ma’muriyati Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibidagi ikkita vazirlik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda «Anadolu» agentligi Afg‘oniston muvaqqat hukumati matbuot kotibining o‘rinbosari  Bilol Karimiyga asoslanib xabar berdi.

Tinchlik masalalari hamda parlament ishlari bo‘yicha vazirliklar tugatilgan.

Shuningdek, oldingi hukumat davrida faoliyat yuritgan Mustaqil saylov va Saylov apellyasiya komissiyalari ham tarqatib yuborilgan. Komissiyalar faoliyati zarurat tug‘ilganida tiklanadi, izoh berdi Karimiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring