«Tolibon» jon-jahdi bilan kimlarni izlamoqda?

«BBC»ning Afg‘onistondagi muxbirlariga ko‘ra, Tolibon vakillari uyma-uy yurib, NATO va sobiq afg‘on hukumatida xizmat qilgan shaxslarni izlamoqdalar.
«Tolibon» nishoniga tushgan ko‘plab odamlar bor. Ularga tahdid bo‘lishi aniq», — dedi «BBC»ga hisobot bergan Kristian Nellemann.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Tolibon» sobiq hukumatdagi shaxslarning oila a’zolarini hibsga oladi, javobgarlikka tortadi, so‘roq qiladi va jazolaydi.
Chet el kuchlari o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan olib chiqish harakatlarini davom ettirmoqda. NATO rasmiylari oxirgi besh kun ichida 18 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinganini aytdi.
Avvalroq «Tolibon» sobiq afg‘on hukumatida faoliyat yuritgan shaxslarni ham birga ishlashda chaqirgan va avf e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter