«Tolibon» hujumi Afg‘oniston armiyasining 25 askari o‘limiga sabab bo‘ldi

Afg‘onistonning Gilmend provinsiyasida «Tolibon» jangarilarining hukumat askarlari lageriga hujumi oqibatida 25 nafar afg‘on askari halok bo‘lgan, 16 kishi jarohat olgan. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
O‘z navbatida Afg‘oniston qurolli kuchlari 9 nafar jangarini yo‘q qilishga erishgan.
Afg‘onistonda 2018-yil rekord darajada tinch aholi halok bo‘lgani ham xabar berilgandi. Mamkakat rahbari Ashraf G‘anining jangarilar bilan til topishishga urinishi ham unchalik samara bermayapti.
«Tolibon» harakatini afg‘on hukumati bilan jiddiy muzokaralarni boshlashga chaqiraman. Milliy birlik, mamlakat mustaqilligi, hudud birligi, kuchli markazlashgan hokimiyat asosiy masalalar bo‘ladi» degan edi o‘z chiqishlaridan birida Ashraf G‘ani.
Afg‘onistonda jangarilarning hatto hukumat binolariga hujumi ham bo‘lib turadi, 2018-yil dekabrda shunday to‘qnashuvlarning birida 43 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter