Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus holati yana qayd etildi. Vafot etganlar ham bor

To‘rtta hududda koronavirus holati yana qayd etildi. Vafot etganlar ham bor

Foto: «M.bk55.ru»

2020-yil 23-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38698 (+166) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Furqat tumanida yashagan 74 yoshli N.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 34576 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3853 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring