Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi tizimida yangi tayinlov

Toshkent shahar hokimligi tizimida yangi tayinlov

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Furqat Siddiqxo‘jayevich Mahmudxo‘jayev 2018-yil 22-avgustdan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Furqat Mahmudxo‘jayev 1-noyabr 1965-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

U 2012-2013-yillarda «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi raisining o‘rinbosari, 2013-2017-yillarda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent shahar bo‘limi rahbari, 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring