Toshkent shahar «obodonlashtirish» boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning joriy yil 17-aprel kungi tegishli farmoyishi bilan poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib Yusupov Rustam Abdulaxatovich tayinlandi.
Rustam Yusupov ushbu lavozimda joriy yil 27-yanvar kuni Anvar Umarovning ishdan olinishidan so‘ng, 31-yanvardan boshlab vaqtinchalik ishlab kelayotgan edi.
R.Yusupov bunga qadar poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter