Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Qashqadaryoga qancha odam ko‘chib ketgani aytildi

Toshkentdan Qashqadaryoga qancha odam ko‘chib ketgani aytildi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 3055 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 433 kishiga (12,4 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

— Toshkent viloyati – 2274 kishi

— Qashqadaryo viloyati – 131 kishi

— Xorazm viloyati – 79 kishi

— Surxondaryo viloyati – 78 kishi

— Buxoro viloyati – 76 kishi

— Samarqand viloyati – 73 kishi

— Navoiy viloyati – 58 kishi

— Qoraqalpog‘iston R. – 57 kishi

— Andijon viloyati – 55 kishi

— Jizzax viloyati – 55 kishi

— Farg‘ona viloyati – 52 kishi

— Sirdaryo viloyati – 36 kishi

— Namangan viloyati – 31 kishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring