Toshkent va Andijonda yangi kasallanishlar aniqlandi

2020-yil 19-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 968 (+208) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytga qadar yurtimizda 32 557 (+334) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 4 164 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter