Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatda aholi orasida kasalliklar aniqlandi

Toshkent viloyatda aholi orasida kasalliklar aniqlandi

2020-yil 12-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4869 (+32) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 5 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida va yana 5 nafari esa Rossiyadan ushbu viloyatdagi «Zangiota» chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1092 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring