Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati mansabdori katta pul bilan ushlandi

Toshkent viloyati mansabdori katta pul bilan ushlandi

Toshkent viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi xodimi va Toshkent shahridagi MChJning norasmiy egasi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 13,7 gektarlik unumdor yer maydonini 3,4 mln. dollarga sotishga kelishib olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan 500 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanalidagi reportajda aytilgan.

Shuningdek, DXXning tezkor tadbirlari davomida Sirdaryo viloyatida ham yer sotish bilan bog‘liq yana 3 ta firibgarlik holati aniqlangan. Bu holatlarda davlat mansabdorlari 70 ming, 19 ming va 14 ming dollarga yer olib berishni va’da qilib, bo‘nak pullarini olayotganda qo‘lga tushishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring