Toshkent viloyatida iyul oyidan ichimlik suvi narxi oshadi

Toshkent viloyatida 1-iyuldan ichimlik suvi narxi qimmatlashi kutilmoqda.
Viloyatda 2025-yil 1-iyuldan boshlab ichimlik suvi va oqova suvi narxlari oshadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi qarori e’on qilingan. Qaror bugun, 2026-yil 26-may kuni e’lon qilindi.
Qarorga ilova qilingan jadvalda to‘liq narxar keltirilgan. Jumladan, "Toshkent viloyati suv ta’minoti" tomonidan aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi narxi 1 metr kub uchun 2912 so‘mga yetadi (QQS bilan). Ayni damda bu qiymat 2240 so‘mni tashkil etadi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun bu narx 10080 so‘mdan 16800 so‘mga yetadi. Oqova suv xizmatlari narxi aholi uchun 1120 so‘mdan 1456 so‘mga yetadi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 2240 so‘mdan 3360 so‘mga yetadi.
Chimyon-Chorbog‘ suv ta’minoti AJda narx aholi uchun 1232 so‘mdan 1680 so‘mga ko‘tariladi. Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 5712 so‘mgacha ko‘tariladi.
Musaffo obihayot magistral suv ta’minoti AJ tomonidan aholiga yetkazib beriladigan suv narxi 1680 so‘mdan 2128 so‘mga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter