Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelishda yangi tizim ishga tushadi

Yig‘ilishda, shuningdek, mamlakatda jamoat transporti tizimi aholini rozi qiladigan darajada yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shaharlararo avtobuslar grafik bo‘yicha emas, balki yo‘lovchilari 40-50 kishi bo‘lib to‘lganda yurishga o‘rgangan. Chunki tadbirkorlarga shaharlararo jamoat transportida zararni kompensatsiya qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan. Subsidiya faqat shahar atrofidagi avtobuslar uchun bor.
Prezident endilikda o‘rta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishini aytdi.
Ta’kidlanishicha, buning uchun Toshkent shahri va viloyatlararo qatnov bo‘yicha alohida yondashuv bo‘ladi.
«Poytaxtga kuniga 1 million odam tashrif buyursa, shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan keladi.
Shu bois poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.
Buning uchun, Toshkent xalqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik bo‘ladi.
«Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi», deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz», - dedi davlat rahbari.
Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1-sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1-yanvardan joriy qilish topshirildi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter