Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatining Namangan va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Toshkent viloyatining Namangan va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Toshkent viloyatining Sirdaryo hamda Namangan viloyatlari bilan chegara hududlari o‘zgarishi mumkin.

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqga keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:

  • Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 36,8 ga);
  • Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 12,5 ga).

Mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring