Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtokran chuqurga tushib ketdi

Toshkentda avtokran chuqurga tushib ketdi

Kecha, 11-iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi hududida avtokran yerosti quvurlarini ta’mirlash uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisaga avtokran haydovchisining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. U avtomashinasini ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin olib borgan va avtokran o‘z og‘irligi bilan sirpanib ketgan. Shuningdek, avtokran osti asfalt yer qatlamining o‘pirilishi  natijasida  avtomashina bir tomonlama chuqurga tushib qolgan. 

Mazkur holatda avtokran haydovchisi va hududda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring