Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avval yopilgan uchta kovid-markaz yana ochildi

Toshkentda avval yopilgan uchta kovid-markaz yana ochildi

Foto:«Gazeta.uz»

Toshkentda koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanuvchi markazlar «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasi bazasida, «Universal» va «Yoshlik» bazalarida qayta faoliyat boshladi. 

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur markazlarga borib, faoliyati bilan tanishgan.

Kasallik kuchayishi ortidan 28-iyundan boshlab, kafe-restoranlar faoliyati cheklandi, Toshkentga kirib-chiqish nazoratga olindi. 

Eslatib o‘tish kerakki, 2021-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111153 (+476) nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 101 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring