Toshkentda soliq inspektori qo‘lga tushdi

Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori K.J. 400 AShQ dollari bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
U xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro Yu.M.ni shu tuman DSIga yordamchi vazifasiga joylash evaziga qayd etilgan miqdorda pul talab qilgani aytiladi. Talab qilgan pulni olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi departement va DXX xodimlari tomonidan naqd jinoyat ustida ushlanadi.
Holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter