Toshkentda fuqaro 40 mln so‘m qalbaki pullar bilan qo‘lga tushdi
Yashnobod tumanida qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma’lumotga ko‘ra, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.H. fuqaro A.D. ga 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter