Toshkentda yirik yong‘in. 7 ta avtomobil yonib ketdi

Kecha, 31-yanvar kuni soat 18:22 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Asalobod 1-daha 1-uyda joylashgan «Eksilon Invest» MChJga qarashli avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtoturargohning 100 kv. m. maydonida joylashgan tom qismi va shu yerda bo‘lgan turli rusumdagi jami 7 ta avtomashina yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter