Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi barcha metan zapravkalarga cheklov o‘rnatildi

Toshkentdagi barcha metan zapravkalarga cheklov o‘rnatildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahridagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining ish tartibiga 7-dekabrdan boshlab vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi 54 ta gaz zapravkasining barchasi yangi jadval bo‘yicha ishlaydi, ya’ni soat 17:00 dan 05:00 ga qadar gaz ta’minoti uziladi.

«Hududgazta’minot»ga ko‘ra, cheklov «magistral gaz quvurlaridagi bosim normallashgungacha» joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring