Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi uylarning birida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi uylarning birida yong‘in chiqdi

Kecha, 7 avgust kuni soat 15:59 da Toshkent shahar Yashnobod tumani «Ibrat» MFY Chirchiq ko‘chasida joylashgan 2-qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:15 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 16:49 da o‘rab olingan va soat 16:50 da o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida uyning taxminan 90 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring