Toshkentga Pfizer/BioNTech vaksinasining yangi partiyasi keltirildi

Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi.
O‘zbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTechning umumiy miqdori 1726 500 dozaga yetdi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori esa 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda.
SSV jami vaksinalar miqdori yil oxirigacha 47 million dozadan oshishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter