Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga san’at qaytmoqda: shaharda uchta noyob mozaika yuzasi tozalandi

Toshkentga san’at qaytmoqda: shaharda uchta noyob mozaika yuzasi tozalandi

Toshkentda 1970 yillarning o‘rtalarida rassom Nikolay Jarskiy tomonidan yaratilgan, biroq 2021 yilda fasad ta’mirlash ishlari sababli o‘z qiyofasini yo‘qotgan uchta mozaika yana jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Ularning tiklanishi Payme tomonidan shahar me’moriy merosini asrashga qaratilgan tashabbusning yana bir bosqichi bo‘ldi. Loyiha Toshkent hokimligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi ko‘magida amalga oshirildi.

Nikolay Jarskiy ijodiga mansub pannolar uzoq yillar davomida poytaxt vizual qiyofasining bir qismi bo‘lib kelgan va so‘nggi yillarda bo‘yoq ostida qolgan edi. Poytaxtning Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi turar joy binolari fasadlarida joylashgan pannolar yuzasidagi bo‘yoq mutaxassislar nazorati ostida va mozaika yuzasini asrash bo‘yicha qat’iy tavsiyalarga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan tozalandi.

Payme mozaikalarni asrash loyihasini 2023 yilda boshlab bergan. O‘sha yili kompaniya tashabbusi bilan 200 dan ortiq mozaikali bino fasadlaridan reklama bannerlari olib tashlanib, 157 ta mozaika madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi.

Nodira Shermatova, Payme marketing bo‘limi direktori:

«Bir kuni foydalanuvchilarimizga shunday degan edik: «Siz uchun muhim bo‘lgan narsa — biz uchun ham muhim». Shu paytdan beri odamlar uchun muhim bo‘lgan qadriyatlarni izlab topishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilib kelmoqdamiz. Toshkent aholisi o‘z shahrini chiroyli va yorqin ko‘rishni istaydi — biz bunga o‘z hissamizni qo‘shishga astoydil harakat qildik. Bir necha yil oldin mozaikalardagi reklamalarni olib tashlagandik va boshqalarni ham bunga chaqirgan edik. Bugun esa bo‘yoq ostida qolganlarini tozalayapmiz, chunki bu bir martalik tashabbus emas, balki davom etayotgan tarixning bir qismidir. Nikolay Jarskiyning mozaikalaridan bo‘yoqni tozalab, shaharga madaniy kodining muhim sahifalarini qaytardik».

Oldinda — loyihaning yangi bosqichi. Hozircha esa tozalangan mozaikalarni quyidagi manzillarda ko‘rish mumkin:

· Bog‘ko‘cha massivi, 1- va 3-uylar

· Chilonzor-12 dahasi, 4a-uy

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring