Toshkentning ayrim hududlarida elektr va gaz o‘chiriladi

29-aprel kuni Toshkentning ayrim hududlarida elektr va gaz vaqtincha o‘chiriladi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 29-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: «Iqbol» hamda «Chashma» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Sergelm tumani "Xonobod", "Junariq", "Oltin vodiy" mahallasida esa gaz o‘chiriladi. Hududda joylashgan yuqori bosimli tabiiy gaz taqsimlash tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 29-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter