Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ikki hududida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi

Toshkentning ikki hududida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi.

Yakkasaroy tumani, Bog‘saroy ko‘chasida joylashgan yer usti o‘rta bosimli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 24-mart kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha ushbu manzildagi 3 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan yer usti o‘rta bosimli D-76 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, 24-mart kuni soat 12:00 dan 17:00 gacha ushbu ko‘chadagi 35 ta yerlik aholi xonadonlarida hamda 15 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring