Tramp AQShdagi saylovlar uchun eng katta xavf nima ekanini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun asosiy tahdid pochta buyurtmasi orqali ovoz berish deb hisoblaydi.
Bu haqda u «Fox News» telekanali tomonidan translyasiya qilingan matbuot anjumani paytida aytib o‘tdi.
Oq Uy rahbariga ko‘ra, pochta orqali ovoz berish haqqoniy ovoz berishga tahdid soladi, shaffoflikni shubha ostiga qo‘yadi va bu saylovlarga chet el aralashuvidan jiddiyroq xavfdir.
«Ushbu saylov uchun eng katta tahlika millionlar tomonidan yuborilgan va gubernatorlar tomonidan nazorat qilinadigan nomaqbul byulletenlardir», - dedi Tramp.
Ta’kidlash joizki, Tramp avvalroq pochta orqali buyurtma berish bo‘yicha ovoz berish tartibini tanqid qilgan edi.
AQShda prezidentlik saylovlari joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Donald Trampga demokratlardan Jo Bayden raqib bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter