Tramp: «Eron bu qirg‘inni to‘xtatishi uchun hali vaqti bor»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Isroilning Eronga hujumlariga izoh berdi.
«Men Eronga navbatma-navbat bitim tuzish imkoniyatini berdim. Ammo ular qanchalik urinishmasin, buni uddalay olishmadi. Ayrim Eron tarafdorlari bu masalaga hazildek qarashdi, biroq ular o‘zlarini nimalar kutayotganini bilishmasdi. Ularning hammasi jon taslim qildi va bundan battar bo‘lishi ham mumkin.Ko‘plab o‘limlar va vayronagarchiliklar allaqachon sodir bo‘lgan, ammo bu qirg‘inga chek qo‘yish uchun hali vaqt bor», ‒ deb yozdi Tramp va keyingi «rejalashtirilgan hujumlar yanada shafqatsiz bo‘lishini» qo‘shimcha qildi.
«Eron kelishuv tuzib, bir paytlar Eron imperiyasi deb atalgan davlatni saqlab qolishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Tramp avvalroq AQSh Isroilning Eronga zarba berish rejalaridan xabardor bo‘lgani, biroq operatsiyada bevosita ishtirok etmaganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter