Tramp husiylarga yana bir imkoniyat berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi pallada fikrini o‘zgartirib, Yamandagi husiylarga zarba bermaslikka qaror qildi, deb yozmoqda NYT.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning chorlovidan so‘ng, Tramp Pentagonga aviazarbalarga hozirlik ko‘rishni buyurgan edi. Biroq yakshanba kuni u hujumni bekor qildi.
Tramp atrofidagi ko‘pchilik, ayniqsa, Eron bilan urushda Pentagon duch kelayotgan muammolar tufayli, Saudiya Arabistonining husiylarga qarshi kurashdagi ishtirokiga ishonchsizlik bildirayotgan yoki bunga ochiqchasiga qarshi chiqishayotgandi.
Tramp operatsiyani bekor qilgan paytda zarba berishga hamma narsa tayyor bo‘lgandi: nishonlar ro‘yxati tasdiqlangan, bombalar Amerika harbiy samolyotlariga yuklanayotgan edi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter