Tramp Meksika va Yevroittifoqqa 30 foizli boj joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika va Yevroittifoq mahsulotlariga qo‘shimcha 30 foizli boj joriy etilishini e’lon qildi.
Yangi tariflar 2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. Tramp bu haqda Meksika prezidenti va Yevrokomissiya rahbarini xabardor qildi.
Tramp Yevropa Ittifoqidan o‘z bozorini Qo‘shma Shtatlarga to‘liq ochishni talab qilmoqda. Meksikani esa AQShga suqilib kirishga urinayotgan narkokartellarni to‘xtata olmaslikda aybladi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen AQShning yangi boj tarifiga munosabat bildirib, u Atlantika bo‘ylab o‘tgan asosiy ta’minot zanjiriga jiddiy putur yetkazishini ta’kidladi va qarshi choralar ko‘rishga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter