Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp MRB, FQB rahbarlari va Mudofaa vazirini iste’foga chiqarmoqchi — OAV

Tramp MRB, FQB rahbarlari va Mudofaa vazirini iste’foga chiqarmoqchi — OAV

Foto: «Deutsche Welle»

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbarligi uchun saylovda g‘alaba qozongan taqdirida Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari (MRB) Jina Haspel hamda Mudofaa vaziri Mark Esperni iste’foga chiqarmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib «Axios» yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, Tramp, shuningdek, Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Reyni ham ishdan olish niyatida. «Axios» manbalariga ko‘ra, davlat rahbari «xayrlashish istagidagi» shaxslar ro‘yxati ancha uzun, biroq yuqoridagilar eng asosiylari.

Manbalardan birining aytishicha, Oq uy rahbari atrofidagilar Haspel va Reyga ishonishmaydi. Agarda 3-noyabrdagi saylov bo‘lmaganida, allaqachon har ikkisining javobi berib yuborilgan bo‘lardi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring