Tramp-Netanyahu kelishuvi: G‘azo jiddiy o‘zgarishlar arafasida

Donald Tramp va Benyamin Netanyahu G‘azo sektorida urushni to‘xtatish jarayonini tezlatish va arab mamlakatlari bilan munosabatlarni izga solishga kelishib oldi. Bu haqda Israel Hayom nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Trampning rejasiga ko‘ra, G‘azoda janglar ikki hafta ichida to‘xtashi, AQSh va Yevroittifoq terrorchi tashkilot deb tan olgan HAMAS rahbariyati sektorni tark etishi, G‘azoni boshqarish to‘rt arab mamlakatiga topshirilishi shart (ular orasida Misr va BAA bor).
Rejaga ko‘ra, 2023-yil oktyabridan buyon G‘azoda garovda tutib turilganlar ozod etiladi, chet elga ketishni istagan falastinliklarga uchinchi mamlakatlarga joylashishda ko‘mak beriladi.
AQSh Isroilning arab davlatlari bilan munosabatlari iliqlashishiga ham erishmoqchi. Taxmin qilinishicha, kelishuvga Saudiya Arabistoni, Suriya, Livan va boshqa musulmon mamlakatlari ham qo‘shiladi.
O‘z navbatida, Isroil Falastin muxtoriyati isloh qilinishi sharti bilan Falastin davlatini yaratish variantini ko‘rib chiqishga rozilik beradi. Evaziga Vashington Iordan daryosi G‘arbiy sohilining bir qismi ustidan Isroilning suverenitetini tan oladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter