Tramp Qrimni Ukrainaga qaytarish talablarini "bema’ni" deb atadi

AQSh yetakchisi Qrim va boshqa hududlarni Ukrainaga qaytarish talablarini be’mani deb atadi.
Qrim va boshqa hududlarni Ukrainaga berish talablari bema’nilik, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSh yetakchisi demokratlar tarafdori bo‘lgan New York Times gazetasi va xususan, uning Oq uy bo‘yicha bosh muxbir Piter Beykerning “Oq uyni egallab olgan shaxs prezidentligining birinchi yuz kunligidagi harakatlari go‘yoki Moskva foydasiga o‘ynagan” mazmunida yozgan maqolasiga shunday izoh berdi.
“Rossiya/Ukraina bo‘yicha qanday bitim tuzmasam ham, bu qanchalik yaxshi bo‘lmasin, hatto bu tarixdagi eng katta kelishuv bo‘lsa ham, og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan New York Times bu haqda yomon gapiradi. Uning o‘ta noxolis va layoqatsiz muallifi Piter Beyker o‘z noshirining talablariga bo‘ysundi va Ukraina o‘z hududlarini, shu jumladan, menimcha, Qrimni va boshqa bema’ni talablarni qaytarishi kerakligini yozdi”, — deya izoh yozdi Tramp.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter