Tramp Rossiya bilan yarashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya bilan kelishish istagida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Men oldin ham bir necha bor Rossiyaga nisbatan mendan boshqa hech kim bunchalik qattiq qarshi turmaganini aytganman. Agar biz Rossiya bilan kelishib hamkorlik qilganimizda, yaxshi bo‘lsa bo‘lar ediki, aslo yomon bo‘lmas edi», — dedi Tramp.
Avvalroq AQSh Kongressi vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi 2016-yilgi prezident saylovida Rossiyaning aralashuvi yuzasidan bayonotini e’lon qilgan edi. Donald Tramp esa bunga izoh berar ekan, tirnoq ostidan kir qidirishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter