Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Makron ekkan eman daraxti qayerda?

Tramp va Makron ekkan eman daraxti qayerda?

Foto: «Bild»

Germaniyaning «Bild» («Surat») gazetasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning AQShga tashrifining birinchi kuni Donald Tramp bilan Oq uy bog‘ida ekkan eman ko‘chati sug‘urib tashlanganini ma’lum qildi.

Xabarda do‘stlik ko‘chati o‘rnida sariq dog‘ qolgani yozilgan. Jurnalistlar ikki davlat rahbarining OAV vakillari ko‘z o‘ngida ko‘chat ekishi ssenariy ekanini yozgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida nemislarga qarshi fransuzlar bilan birlashgan AQShga rahmat sifatida o‘tqazilgan ko‘chat ekilganiga bir hafta o‘tmasdan sug‘urib tashlangan. Ayni paytda ko‘chat qayerga o‘tqazilgani noma’lumligicha qolmoqda.

Eman daraxti Birinchi jahon urushida 2 ming AQShlik askarning halok bo‘lgan joyi – Fransiya shimolidagi o‘rmondan olingani bilan ahamiyatlidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring