Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Soatlab avtobus kutamiz». Transport xizmatidan yo‘lovchi rozimi?

«Soatlab avtobus kutamiz». Transport xizmatidan yo‘lovchi rozimi?

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Unda davlat rahbari transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuzlanib, uning taqdimotidan ko‘ngli to‘lmaganini aytib, quyidagi so‘zlarni ta’kidladi.

— «Yuring prezident, avtobus mining deb marshrutni ko‘rsat, eng og‘ir hududingdan boshla. Men avtobusda yurishni xohlayman. Ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak», – deydi davlatimiz rahbari.

Har kuni ertalab va ishdan qaytish paytimda transport bilan bog‘liq muammo kayfiyatimni buzadi, boshimga og‘riq kiritadi. Toshkent shahriga ko‘chib kelganimizga salkam bir yil vaqt bo‘ldi. Erta tong ishga ketishga yuragim bezillaydigan bo‘lib qoldi. Aytilgan muddatda ish o‘rnimda bo‘lishga harakat qilganman. Lekin hozir buning aksi bo‘lmoqda. Boisi ishga o‘z vaqtida yetib borishim uchun transport muammo.

Yunusobod tumani, 19-mavzeda yashayman. Men boradigan ishxonam manziliga 67-raqamli avtobus boradi. Ishonasizmi, har kuni shu avtobusni kamida 40 minut kelishini kutaman. Kutish jonimga tekkanidan oxir-oqibat oraliq masofa qancha muddatni tashkil qilishini avtobus haydovchilaridan aniq bilib oldim. Avtobus haydovchisini aytishicha mutasaddilar tomonidan bir kunda 67-raqamli avtobus 5, 6 tagacha manzil bo‘ylab qo‘yilar ekan. Oraliq masofa shu sababli 40 minutlarni tashkil qilishini aytdi. Ba’zi paytlarda bir soatdan oshgan vaqtda ham kelmay qoladi, boz ustiga juda sekin yuradi. Mayli bu xavfsizlik uchun muhim qoidadir.

Bundan bir necha kun ilgari 40 minut bo‘ldi hamki, 67-raqamli avtobusdan darak bo‘lavermadi. Men qatori bu yo‘nalishdagi avtobusni kutuvchilar safi ko‘payib ketdi. Birin-ketin soat millariga qarab yo‘lovchilar taksi to‘xta boshlashdi.

— Opa, men Amir Temur hiyoboni tomonga ketishim kerak. Toshkent Davlat yuridik unversitetida o‘qiyman. Yaqinda ijaraga ko‘chib o‘tgan edim, lekin shu ko‘chib kelganimdan buyon transportdan muammo bo‘layapti, — deydi 18,19 yoshlar atrofidagi talaba yigit.

Suhbatimizni eshitib turgan 40 yoshlar chamasidagi ayol gapimizga qo‘shildi.

— Men ham 67-raqamli avtobusda ishxonamga borishim kerak, lekin avtobus kech keladi, boz ustiga juda sekin yuradi, yuragim siqilib ketadi. Avtobusda yozilgan ishonch raqamiga bir necha bor telefon ham qilganman, foydasi bo‘lmagan, xo‘p deyishadi ahvol batar bo‘lsa bo‘ladiki, yaxshi bo‘lmaydi,— deydi.

Bir necha marotaba o‘zim ham taksi to‘xtab ishxonam manziligacha yetib olgan edim.

O‘ylab qarasam bu axvol har kuni takrorlanaversa oylik maoshim yo‘lkirani o‘ziga ham yetmas ekan. Shundan so‘ng, uyim manzilidan ikki bekatcha yurib 71-sonli avtobus tomon yurishni o‘rgandim. Bu manzildagi avtobus 67-sonli avtobusga qaraganda oraliq masofa qisqaligi bilan quvontirdi. Lekin yo‘lovchi soni juda ko‘p, avtobus ichi tirband. To‘g‘ri men kabi avtobus kutganlar majburlikdan ishga kechikmasligi uchun chiqib olishgandir. Shuning uchun avtobusda sharoit yo‘q, nafas olishga ham imkon yo‘q bu esa yo‘lovchilarga noqulayliklarni keltirib chiqarishi turgan gap. Boz ustiga hozirgi kunda turli kasalliklar xavfi ortib borayotgan hamda karantin choralari kuchaytirilgan bir paytda bunday holatni qanday tushunish mumkin?

Yaqinda onamning sog‘liqlari yomonlashib Toshkent shahridagi TOShMI diagnostika markazida davolanib chiqdilar. Shu vaqt oralig‘ida uyimizga yaqin bekatdan 82-sonli avtobusda shifoxonaga qatnay boshladim. Buni ham xuddi 67-sonli avtobus singari uzoq vaqt kutib turaverar ekansiz. Avtobusni kutib tursam 60 yoshlar chamasi nuroniy onaxon bilan suhbatlashib qoldim.

— Qizim, men TOShMI diagnostika markaziga yaqin tomonda istiqomat qilaman. Yunusobod 19 mavzesidagi «WELCOME» xususiy klinikaga davolanishga 10 kundan buyon qatnamoqdaman, shu shifoxonadan muolajala olib turaman. Kelib ketishim uchun 82- avtobusni kutib turaveraman, ba’zi paytlari bir soatga yaqin kutgan paytlarim ham bo‘ladi. O‘g‘lim ishda, uni ovora qilmay deymanda.

Men ham onamga 10 kun shu shifoxonaga borish uchun 82-sonli avtobusni qimmatli vaqtim o‘tkazib yo‘l poyladim. Nimaga O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida shu paytgacha trasport bilan bog‘liq muammoga yechim topilmagan bo‘lsa? Axir Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganiga 31 yil vaqt bo‘lsada shunday arzimas muammo bilan boshimiz og‘ritib o‘tirsak? Yo‘lovchilar erta tongda yaxshi kayfiyat bilan o‘z ish joyida faoliyatlarini boshlasalar bu Vatanimiz yuksalishi yo‘lida muhim emasmi? Muammoni yechimi muassadilar o‘z vaqtida bartaraf etmasliklari oqibatida bugun kimlarningdir oilasini hamyoniga salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmayapti. Nima uchun yurtboshimiz aytganday mutasaddilar bu masalaning zamiriga chuqur kirib borishmadi? O‘sha mutassadilar qimmatbaho mashinalarda yurgan paytda oynani ochib atrofga teran nazar tashlasa edi, boshni qotirishga arzimas muammolar bo‘lmasmidi balki....

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasining markaziy dispetcherlik xizmatiga — 1062 raqamiga qo‘g‘iroq qildim. Go‘shakni uch daqiqalar orasida operator qabul qildi hamda murojaatimni batafsil yozib olayotganini ta’kidladi. So‘ngra mazkur murojaatimni qonuniy yo‘l bilan yechim topilishi va natijasi bo‘yicha 10 kun muddat ichida uy manzilimga yozma tarzda yetib kelishini ma’lum qildi.

Shundan keyin balki murojaatim ijobiy yechim topishiga umid bildirdim.

Mutasaddilarga taklifim shuki, telejurnalist Xayrulla Nuriddinov «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Menimcha» ko‘rsatuvida ta’kidlaganday «Toshkent rahbariyatining o‘rnida bo‘lsam, tramvayni qaytarish tashabbusi bilan chiqqan bo‘lardim». Darhaqiqatan ham shundaymi. Mutasaddilar tramvay qatnovini qayta yo‘lga qo‘ysalar muammo bartaraf etilarmidi? Nima bo‘lganda ham oddiy yo‘lovchilar uchun arzon transport faoyaliyatini saramali yo‘lga qo‘yishlarini zarur deb hisoblayman.

Shundagina yo‘lovchilar bugungi transport xizmatidan rozi bo‘lib yashaydi.

Lobar Shomurodova,
jurnalist.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring