Tug‘ma eshitmaydiganlarga eshitish qobiliyati qaytarildi

Olimlar tug‘ma eshitmaydigan katta yoshlilarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi.
Sinovda qatnashgan bemorlarga ovozlarni miyaga yetkazuvchi oqsil — otoferlin ishlab chiqarilishi uchun mas’ul OTOF genining ishchi talqini yuborilgan.
Oradan bir oy o‘tgach, barcha 10 qatnashchi eshitishni boshladi. Oradan yarim yil o‘tib ham eshitish qobiliyati saqlanib qoldi.
Eshitish darajasi 106 detsibeldan 52 detsibelgacha yaxshilandi: bu nutqni qabul qila oladi degani.
24 yoshli bemor umrida birinchi marta ovozlarni eshitdi, holbuki, shu paytgacha katta yoshlilarga eshitish qobiliyatini qaytarish imkonsiz deb hisoblab kelingan.
Tibbiyotda chinakam inqilob! Amaliyotga tezroq ko‘chishini kutamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter