Tun davomida koronavirus aniqlanganlar soni ma’lum qilindi

2020 yil 6 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2217 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berib o‘tdi.
Kecha, 5 may soat 23:00da O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2207 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 10 kishida kasallik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1501 nafarni tashkil etmoqda. O‘n nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etgan. Ayni vaqtda 706 bemor shifoxonalarda davolanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter