Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada havo harorati 50,5 darajagacha ko‘tarildi

Turkiyada havo harorati 50,5 darajagacha ko‘tarildi

Foto: Anadolu Ajansı

Turkiya sharqidagi ayrim shaharlarda havo harorati 50°C ga yaqinlashdi, bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

24-iyul kuni mamlakatning kamida 38 ta shahrida havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘ldi — ular orasida Anqara va Antalya ham bor.

25-iyul kuni Mardin viloyatining Qiziltepa tumanida 49,6 daraja, Nusaybin tumanida 49,3 daraja, Shirnak viloyatining Jizre shahrida 49,4 daraja harorat qayd etilgan.

Shu kuni Turkiya sharqidagi Silopida 50,5 darajali jazirama rekordi o‘rnatildi.

Mamlakat meteorologiya bosh boshqarmasi prognoziga ko‘ra, Turkiyada anomal issiq 2-avgustgacha davom etadi. Shu kunlarda havo harorati mavsumning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan 6–12 daraja yuqori bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring