Turkiyada bolalarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Turkiya janubi-g‘arbida maktab o‘quvchilarini sayohatga olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi Denizli viloyatida sodir bo‘lgani haqida «CNN» xabar berdi.
Hodisa oqibatida 34 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, avtobus o‘quvchilarni Ajipayam-Denizli yo‘nalishida olib ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida shu voqea yuz bergan.
Avtobusda jami 22 nafar maktab o‘quvchisi, 4 nafar o‘qituvchi, ota-onalardan 5 kishi, ekskursovod va ikki nafar haydovchi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter