Turkiyada sayyohlik mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Turkiyada sayyohlik mavsumi may oyining oxirida koronavirus pandemiyasi chekina boshlagandan so‘ng boshlanishi mumkin, deydi turizm va madaniyat vaziri Mexmet Nuri Ersoy.
«Aprelning oxiri — mayning boshlarida pandemiya chekina boshlaydi. Mayning oxirida barchasi tartibga tushadi, deb o‘ylayman. Shundan so‘ng ichki turizm harakatga keladi», — deydi Ersoy «NTV» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya tugagandan so‘ng Turkiyaga birinchi bo‘lib Osiyo mamlakatlaridan sayyohlar kelishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas