Turkman xalq maqollari

Kamchiliksiz do‘st izlasang — do‘stlarsiz qolasan.
- Ko‘rdingmi — yashirma, ko‘rmadingmi — vaysama.
- Suv oqadi, tosh qolur.
- Yerga — suv, erkakka — shuhrat kerak.
- Kulib gapiradigan erkaklardan qo‘rq, ko‘zyoshi to‘kib so‘zlovchi ayollardan qoch.
- Kamchiliksiz do‘st izlasang — do‘stlarsiz qolasan.
- Qo‘ling bormi, belkurak topiladi, demak, pul ishlasa bo‘ladi.
- Shamolning oxiri — yomg‘ir, o‘yin intihosi — mushtlashuv.
- O‘nta qo‘yning egasi bo‘lsang — sen haqsan.
- Karvon teskari tomonga burilganida cho‘loq birinchi bo‘lib qoladi.
- Yaxshi qiz kambag‘al xonadondan chiqadi.Xotining yo‘qmi — yaqinlaring yo‘q.

Xotining yo‘qmi — yaqinlaring yo‘q.
- Ko‘p yurgan ko‘p eshitur.
- Kim sen bilan haq-huquq talashsa, u qarindoshing emas.
- Maqtovdan eshak otga aylanmas.
- Dushmanning tabassumiga ishonma.
- Birinchi zarba kuchliroq.
- Soch-soqolga oq oraladi, aql esa qo‘shilmadi.
- Bilmaysanmi — biladiganga ishon.
- Ko‘rga har qadam — chuqurlik.
- Qo‘shni qachon erta yotib, kech turishni qo‘shnidan o‘rganadi.
- Xotining yo‘qmi — yaqinlaring yo‘q.
- Kuzatuvchi yo‘ldosh emas.
- Mamlakatni uni yaxshi bilgan dushman parokanda qilur.
- Qo‘rquv o‘limdan qutqara olmas.
- Boyning uy-joyi bo‘ylab daryo, kambag‘alning go‘shasi bo‘ylab yo‘l o‘tadi.
- O‘g‘rini o‘g‘irlash gunoh emas.
Aziza Fathullayeva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter