Turkmanistonga nos olib kirish taqiqlanadi

Turkmaniston qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakat hududiga kirgandan so‘ng va belgilangan manzilga yetgunlariga qadar, shuningdek, davlat hududida turar joyi o‘zgargan hollarda turar joyi bo‘yicha migratsiya xizmati organlarida mamlakatga kirgan kunini hisoblamaganda 3 (uch) ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Turmaniston hududidan tranzit o‘tuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar ularning Turkmanistonda bo‘lish muddatlari kirgan kunini hisoblamaganda 5 kundan oshmasa, faqat migratsiya nazorati postlarida ro‘yxatdan o‘tadilar.
Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek avtotransport vositalarining haydovchilari, agar ularning Turkmanistonda bo‘lish muddatlari 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil esa, faqatgina Turkmaniston davlat chegarasidagi migratsiya nazorati postlarida aholi punktlari yo‘nalishida, shuningdek, belgilangan manzillarga transport-tashish ishlarini amalga oshirishda ro‘yxatdan o‘tadilar. Agar ularnang Turkmanistonda bo‘lish muddati davlat hududiga kirish sanasidan boshlab 5 (besh) kundan ortib ketsa, u holda kirish sanasini qo‘shib hisoblaganda 15 kungacha bo‘lgan muddatga Turkmaniston migratsiya xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tadilar.
Mazkur qoidalarni buzganlik uchun fuqarolar 1330 manat (380 $) miqdorida moliyaviy jarimaga tortiladilar hamda 2 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga mamlakatdan deportatsiya qilinadilar.
Jamoat joylarida chekish taqiqlanadi!
Turkmanistonga nos (chaynaladigan tamaki) olib kirish taqiqlanadi (taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiradi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter