Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari qamoqqa olindi

Andrey Pavelko.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) prezidenti Andrey Pavelko Lvov sudi tomonidan 60 kunga hibsga olindi. Bu haqda Sport.unian xabar bermoqda.
Shevchenkivskiy tuman sudi (Lvov) UAFda moliyaviy o‘g‘irlash ishi bo‘yicha ayblanuvchi Andrey Pavelkoga nisbatan 14-avgustga qadar 60 kunlik hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.
Fevral oyida Pavelko Kiyevning Pecherskiy tuman sudi qarori bilan ishdan chetlatilgandi.
16-fevral kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati UFA idorasida tintuv o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabr oyi oxirida federatsiya rahbari futbol maydonlari uchun sun’iy qoplama ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sarflangan mablag‘larni o‘zlashtirgani uchun hibsga olingandi. UFA uning uchun 260 ming dollar miqdorida garov puli to‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter