Ukraina terma jamoasiga texnik mag‘lubiyatlar tahdid solmoqda

FIFA futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasining Yevro-2020 saralash bahslari doirasida o‘tkazgan ikki o‘yini natijasini bekor qilib, texnik mag‘lubiyat yozishi mumkin. Bunga asli braziliyalik futbolchi Junior Morayesning Ukraina milliy terma jamoa tarkibida maydonga tushishi bilan muammo sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
Qoidaga ko‘ra, o‘zga yurtda tug‘ilgan futbolchi boshqa mamlakat milliy terma jamoasida o‘ynashi uchun o‘sha davlatda kamida besh yil istiqomat qilgan bo‘lishi shart. Morayes esa Ukrainada to‘rt yili-u sakkiz oy yashagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi Yevro-2020 saralash bahslari doirasida Portugaliya bilan durang o‘ynab (1:1), Lyuksenburgni mag‘lubiyatga uchratgan edi (2:1). Agar gumonlar tasdiqlansa, terma jamoa qo‘lga kiritgan to‘rt ochkodan mahrum bo‘lishi barobarida o‘z guruh yetakchiligidan autsayderiga aylanishi hech gapmas
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter